“G‘azal bo‘stoniga bir nazar” nomli kontsert dasturi namoyish etildi.

“G‘azal bo‘stoniga bir nazar” nomli kontsert dasturi namoyish etildi.

2018 yil 22 fevral kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida “O‘zbek musiqa ijrochiligi” fakulteti “An’anaviy xonandalik” kafedrasining katta o‘qituvchisi, O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi Erkin Ro‘zimatov rahbarligidagi iste’dodli talabalar tomonidan Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallari asosida yaratilgan ashulalardan jamlangan “G‘azal bo‘stoniga bir nazar” nomli kontsert dasturi namoyish etildi. Dasturdan Shashmaqom tarkibidagi ashulalar, xalq ashulalari, taniqli bastakorlarning asarlari bilan birga Erkin Ro‘zimatov bastalagan eng sara ashulalar ham o‘rin olgan. Kontsertga ko‘plab muxlislar, mumtoz ashula shinavandalari hamda yoshlar tashrif buyurdilar. Tinglovchilar orombaxsh kuy va ashulalarni tinglab miriqib dam olishdi. Yuksak tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi, xalqimizga beqiyos ma’naviy ozuqa beruvchi milliy kuy va ashulalarimizdan tuzilgan bu kabi kontsert dasturlari “O‘zbek musiqa ijrochiligi” fakulteti professor-o‘qituvchilari, jo‘rnavozlari hamda iste’dodli talabalari tomonidan muntazam ravishda taqdim etib borilishi asosiy rejalar qatoriga kiritilgan.

FOTO LAVHALAR:

Share