“San’atkor ma’naviyati”

“San’atkor ma’naviyati”

 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi ijrosi ta’minlash borasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “San’atkor ma’naviyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferentsiyasida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor A.Mansurov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Azizboyev, Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i B.Ashurov,  Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi F.Qurbonova,  fakultet dekanlari va ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Musiqa tarixi va tanqid” kafedrasi professori, san’atshunoslik fanlari doktori G‘ofurbekov To‘xtasin Botirovich “San’atkor – ma’naviyat ko‘zgusi”, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi professori, san’atshunoslik fanlari doktori Abdullayev Rustambek Samigovich “Ma’naviyat munosabat ongi”, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Milliy unversitetining dotsenti To‘rayev Shavkat Nishanovich “Ma’naviyat san’at ko‘zgusi”, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Daminov Ergash “San’atkor – ma’naviyatida taqlid masalasi”, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi yosh tadqiqotchi Bozorbayev Sunatilla “San’atkor – ma’naviyati yoshlar nigohida” mavzularida ma’ruza qilishdi.

Ilmiy-amaliy konferensiya  davomida konsert dasturi bilan “Bozurgoniy” (Hoji Abdulaziz Abdurasulov musiqasi) asarini “An’anaviy xonandalik” kafedrasi katta o‘qituvchisi, “Nihol” mukofoti sovrindori Ilyos Arabov, J.Verdi “Don Karlos” operasidan Rodrigo sahnasi “Akademik xonandalik va opera tayyorlovi” kafedrasi 4-bosqich bakalavri Tursunov G‘aybullo, F.Mendelsonning Sonatasini  1-bosqich magistri Bobur Mirsaidov organ cholg‘usida mohirona ijro etdi.

FOTO LAVHALAR:

 

Share