Ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

Ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Britaniya kengashi hamkorligida 1-fevral kuni o‘tkazilgan seminar trening mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, konservatoriyada  innovatsion faollik hamda magistr, doktorant va ilmiy xodimlarning tadqiqotchilik ishlarini rivojlantirish maqsadida loyiha tayyorlash bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarni “Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi” boshlig‘i Baxtiyor Ashurov olib bordi. Seminarda magistrlar, doktorantlar, kafedra mudirlari ishtirok etishdi. Barcha tashrif buyurganlarga tarqatma materiallar berildi va o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishdi.

Mazkur seminardan ko‘zlangan maqsad shundan iboratki, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faol ilmiy xodimlari tomonidan takliflar ishlab chiqish va belgilangan muddatida Britaniya kengashiga taqdim etishdir.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

FOTO LAVHALAR:

Share

Tavsiya etilgan