«Nazm va Navo» ruknida adabiy-musiqiy va ma’rifiy kecha o’tkazildi

"Nazm va Navo" ruknida adabiy-musiqiy va ma'rifiy kecha o'tkazildi

   

2018 yil 2 fevral kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasining Katta zalida ulug’ mutafakkir bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari asosida «Nazm va Navo» ruknida adabiy-musiqiy va ma’rifiy kecha o’tkazildi. Kechada musiqiy chiqishlar bilan birga sahna ko’rinishlari ham namoyish etildi: O’zbekiston va Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq artisti, Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori Muhammadali Abduqunduzov – Bobur siymosini, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artistlar Bekzod Muhammadkarimov va Madina Muxtorova – Navoiy va Guli obrazlarini yoritishdi. Shuningdek ushbu ishtirokchilar qatnashdilar:

“An’anaviy cholg‘u ijrochiligi” kafedrasining professor-o‘qituvchiva jo‘rnavozlaridan iborat Faxriddin Sodiqov nomidagi sozandalar ansambli: Yunus Rajabiy nomidagi Xalqaro va Respublika maqom ijrochilari tanlovining sovrindorlari: O‘tkir Qodirov (g‘ijjak), Ravshan Abduazimov (rubob), Xurshid Oripov (nay), Ma’ruf Xalilov (g‘ijjak), Roza Xaydarova (chang), Go‘zal Mo‘minova (dutor), Zebo Abdiyusupova (konun), Nodir Zokirov (doira), Alijon Jo‘raev (ud), Farangiz Maxmudova (dutor),Sabohat Niyozova (rubob), Ilhom Turdiev (doira), Husniddin Homidov (tanbur). O‘zbekiston xalq hofizlari Maxmud Tojiboev, Erkin Ro‘zimatov rahbarligidagi xonanda talabalar ansambllari. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar Ahmadjon Dadaev, Furqat Ashuraliev, Elmurod AhmedovNargiza Olimova. “Shukrona”professional dutorchilar ansambli. Rahbar – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Malika Ziyoeva.  Yunus Rajabiy nomidagi Xalqaro va Respublika maqom ijrochilari tanlovining sovrindorlari: Salohiddin Azizboev, Abdukahhor Jalilov. “Sharq taronalari”-2009 Xalqaro musiqa festivali sovrindori Abror Zufarov, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti va “Sharq taronalari”-2017 Xalqaro musiqa festivali sovrindori Mohichehra Shomurodova.  Nihol Davlat mukofoti sovrindorlari Ilyos Arabov, Mo‘minjon Sadriddinov, Doniyor Nazarov. Glier nomidagi RIMAL “An’anaviy ijrochilik” bo‘limi o‘qituvchi va jo‘rnavozlaridan iborat Temur Maxmudov nomidagi Maqom ansambli, musiqa rahbari – Shavkat Usmonov. V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi “An’anaviy ijrochilik” bo‘limi o‘qituvchilaridan iborat sozandalar ansambli. Musiqa rahbari – Dilshod Akmalov.

Xonandalar:

 Shomaxmud Shorahmetov, Abdujabbor Latipov, Izzatilla Qosimov, Orifjon Ergashev, Mohichehra Jumanova, Abbos G‘afforov, Saidmurod Topildiev, Abdulahad G‘iyosov, O‘g‘iloy Husanboeva, Nargiza Murodalieva, Mavluda Hamidova

Musiqa rahbari – Yunus Rajabiy nomidagi Xalqaro maqom ijrochilari tanlovining “Gran-pri” sohibi Otkir Qodirov. Dasturni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov olib boradi. Rejissyor –  O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Alisher Madrahimov , muharrir – Dilfuza Qo‘ldosheva , badiiy rahbar – professor Rifatilla Qosimov

FOTO LAVHALAR:

Share