O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi maqom ijrochilari bo‘yicha tanlov E’LON qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi maqom ijrochilari bo‘yicha tanlov E’LON qiladi.

O‘zbek milliy maqom san’ati markazi qoshidagi Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansamblining yangi avlodini shakllantirish maqsadida, maqom ijrochilari, sozanda va xonandalarni tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Tanlovda 35 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlar qatnashishlari mumkin. Tanlovda qatnashish uchun maqom san’ati bo‘yicha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi talab etiladi:

– Maqom san’ati bo‘yicha ma’lumot;

– Maqom ijrochiligidagi qobiliyati;

– Ijro imkoniyati (xonandalik va sozandalik);

– Ijrochilik (xonandalik va sozandalik) mahorati va bilimi;

Tanlov 25-31 yanvar kunlari o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etuvchilar quyidagi xujjatlar bilan tashrif buyurishlari lozim:

  1. Ariza;
  2. Pasport nusxasi;
  3. Ma’lumoti haqidagi hujjatdan nusxa.

Tanlov maxsus hakamlar hay’ati tomonidan qabul qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish va tanlov o‘tkazilish manzili:

Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi 49-uy. “O‘zbekiston” radiosi binosi. Murojaat uchun tel: 286-31-27; 286-31-09.

 

 

Share