Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir

Joriy yilning 12 yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26-yilligi, “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida  “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayramiga bag‘ishlangan kontsert dasturi bo‘lib o‘tdi.Tadbirni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor  Mansurov Avaz Maksudovich  ochib berib, Yurtimizda xizmat burchini o‘tayotgan barcha xarbiylarni 14-yanvar “Vatan ximoyachilari kuni” munosabati bilan tabrikladi.

Tadbirning badiiy qismida jangovor chiqishlar, orkestorlarning hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasida faoliyat olib borayotgan san’at ustalari va talabalar tomonidan bayramona kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyati  barcha professor – o‘qituvchilari va xodimlarini 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26-yilligi bilan chin qalbdan yana bir bor qutlaydi.

FOTO LAVHALAR:

 

Share