“E’TIROF” ETMAYMIZ “EXTIROM” KO‘RSATAMIZ

“E’TIROF” ETMAYMIZ “EXTIROM” KO‘RSATAMIZ

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat va san’at sohalaridagi «Ehtirom» mukofoti sohiblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniyat,  san’at, badiiy ijod va jurnalistika sohalarida salmoqli yutuq va muvaffaqiyatlarga erishgan, faol hamda samarali faoliyat yuritib kelayotgan ijodkorlarni turli nominatsiyalarda rag‘batlantirish maqsadida vazirlikning madaniyat, san’at, badiiy ijod va jurnalistika sohasidagi “Extirom” mukofoti ta’sis etilib, joriy yilning  6 yanvar kuni poytaxtimizdagi  “Navro‘z” restoranida ushbu mukofotni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat konservatoriyasidan ushbu sharafli mukofot va unga loyiq topilgan ijodkorlar:

1  “Yil an’anaviy qo‘shiq ijrochisi”   – Ilyos Arabov – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi katta o‘qituvchisi “Nihol 2008”, “Sharq taronalari Yunesko maxsus sovrini 2011”, “E’tirof  2014” mukofotlari sovrindori

2    “Yil an’anaviy qo‘shiq ijrochisi”  –  Munojot Yo‘lchieva – O‘zbekiston xalq artisti, “Buyuk hizmatlari uchun” ordeni sohibasi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faxriy professori

3      “Yil sozandasi”  – Madina Fayzieva – Xalqaro tanlovlar sovrindori, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti

Tadbirda san’at va madaniyat sohasida samarali va fidokorona mehnat qilayotgan ijodkorlar «Ehtirom» mukofotining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

 

Share