«Tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlar» deb nomlangan davra suhbati uyushtirildi.

"Tabiat va inson o'rtasidagi munosabatlar" deb nomlangan davra suhbati uyushtirildi.

2017 yil  dekabr kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasining 2-11 auditoriyasida «An’anaviy cholg’u ijrochiligi» kafedrasi o’qituvchisi, 317-guruh murabbiysi Go’zal Muminova tomonidan bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri «Tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlar» deb nomlangan davra suhbati uyushtirildi.
Tadbir mehmoni ekolog-biolog, valeolog, «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi katta o’qituvchisi Zulfiya Poliboyeva.
«Yoshlarga oid davlat siyosatini samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonini ijrosini ta’minlash va yoshlarda tabiatga bo’lgan mehrni oshirish maqsadida mazkur uchrashuv ayni muddao bo’ldi.
Zulfiya Poliboyeva ona-tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlar, ekologik inqirozlarning kelib chiqishi, turlari, tabiiy resurslar, suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati haqida va boshqa ko’plab salbiy va ijobiy holatlar yuzasidan so’z yuritdi.
Z. Poliboyeva tomonidan ko’rsatilgan foto ko’rgazmalar suhbatni yanada foydali va qiziqarli o’tishini ta’minladi.
Tadbir so’nggida talabalar o’zini qiziqtirgan savollarga qoniqarli javoblar olishdi.

FOTO LAVHALAR:

    

Share