Musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori Vera Plungyanning xotirasiga bag’ishlangan «Hayot sonatasi» nomli ilmiy anjuman bo’lib o’tdi.

Musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori Vera Plungyanning xotirasiga bag’ishlangan "Hayot sonatasi" nomli  ilmiy anjuman bo’lib o’tdi.

2017-yil 20- dekabr soat 10:30 da O’zbekiston davlat konservatoriyasining “Ma’naviyat” xonasida Musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi professori Vera Plungyanning xotirasiga bag’ishlangan “Hayot sonatasi’ nomli  ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. V.Z Plungyan o’zbek musiqashunosligiga va musiqiy tanqid rivojlanishiga katta hissa qo’shib, musiqiy jurnalistika maktabining yaratuvchisi bo’lgan.   Mazkur anjumanda konservatoriyaning professorlari,o’qituvchilar va talabalari ishtirok etishdi.  O’zbekiston davlat konservatoriyasining Ilmiy ijodiy ishlar bo’yicha prorektor Sayyora Gafurova o’z nutqilarini Na’munaviy ustozlar faoliyati misolida talabalarning madaniy va marifiy mafkuralarini rivojlantirish va yanada takomillashtrish tog’risida o’z fikrlarini berdilar. Bundan tashqari anjuman jarayonida har xil mavzudagi ma’ruzalar o’qildi.

O’zbekiston davlat konservatoriyasining Musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi mudiri san’atshunoslik fanlari nomzodi dotsent S B.Qosimxodjayeva, san’atshunoslik fanlar doktori professor T.B.G’ofurbekov va Ganixanovalar o’z fikirlarini bayon etdilar. SHu jumladan O’zbekiston davlat Konservatoriyasi talabalari bo’lmish Xasanova Ominabonu, Atamirzayeva Guli  va boshqalar o’z fikirlarini bildirishdi.

FOTO LAVHALAR:

Share