O’zbek Estrada musiqasi tarix va zamonaviylik

O’zbekiston davlat koservatoriyasining «Ma’naviyat» honasida 2017-yil 15-dekabr soat 11:00 da “O’zbek Estrada musiqasi tarix va zamonaviylik” mavzusida talabalar konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Estrada san’ati fakulteti  Estrada xonandaligi kafedrasi tomonidan “Estrada musiqasi tarix va zamonaviylik”  mavzusida konferensiyasi bo’lib o’tdi. Mazkur konferensiyada ilmiy bo’limi boshlig’i Bahtiyor Ashurov  hamda Estrada xonandaligi kafedrasi professor o’qituvchilari:  O’zbekiston Respublikasi San’at arbobi professor Dilorom Amanullayeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist professor Yunus  To’rayev, Estrada xonandaligi kafedrasi mudiri dotsent Ruslana Islamova, Katta o’qituvchilari Mavluda Orinboyeva va Nodira Amanova  shu jumladan  o’qituvchi Dilmurod Baybayevlar qatnashdilar.

Ushbu  konferensiyada o’z ma’ruzalari bilan Nigora Nusratova, Komila Xidirova, Otamuradova konferensiyada so’zga  chiqqan ustozlar O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi Dilorom Amanullayeva, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Yunus To’rayev, Katta o’qituvchi Mavluda Orinboyevalar  o’zbek estrada  musiqasining tarixi va bugungi kundagi yutuq va kamchiliklari hamda xonandalikka o’qitish uslubiyatlari haqida so’z yurutdilar. Dilshoda, Dashkinova Iroda, Jalolova Munojat, Maqsudxajayeva Komila, Yusupova Irodalar ishtirok etishdi.  Konferensiya qizg’in muloqat shaklida bo’lib o’tdi.

FOTO LAVHALAR:

Share