“Orkestr cholg‘ulari va estrada san’ati” fakulteti Orkestr cholg‘ulari kafedrasi Torli cholg‘ular yo‘nalishi Kontrabas sinfi o‘qituvchisi Sh.T. Ismoilov sinf konserti

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Orkestr cholg‘ulari va estrada san’ati” fakulteti Orkestr cholg‘ulari kafedrasi Torli cholg‘ular yo‘nalishi Kontrabas sinfi o‘qituvchisi Sh.T.Ismoilov sinf konserti.

2017 yil 15-dekabr kuni soat 15:00da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kichik zalida torli cholg‘ular yo‘nalishi o‘qituvchisi Sh.T.Ismoilovning sinf konserti bo‘lib o‘tdi. Konsert dasturini katta o‘qituvchi Ye.N Matveyeva olib bordi va konsert tomoshabinlariga “Kontrabas” cholg‘u asbobi tarixi haqida qisqacha ma’lumot berildi.
Konsertni o‘qituvchi Sh.T.Ismoilov P.I. Chaykovskiyning “Noktyurn” asari bilan boshlab berdi va torli cholg‘ular yo‘nalishi kontrabas sinfi talabalari II-kurs O‘rinov Javlon Y.I.Raffning “Tarantella”, I-kurs O‘rolov Navruz D.Dragonettining kontrabas uchun “Konsert lya major”, I-kurs Rashidov Obid F.Verachinining “Largo”, II-kurs Qarshiyev Fazliddin K.Sen- sans “Allegro appassionata”, IV-kurs Shurigin Veniamin V.Montining “Chardash”, II- kurs Yusupov Javlon S.Kusevitskiyning kontrabas uchun “Konsert” va konsert mehmoni Nuriyev Rustam K. Dittersdorfning kontrabas uchun “Konsert 2” asarlarini ijro etdilar. Shuningdek konsertda Giler nomidagi RIMAL o‘qituvchisi F.X. Ubaydullayevning o‘quvchilari ham ishtirok etdilar. Konsert tomoshabinlar tomonidan juda yaxshi qabul qilindi.

FOTO LAVHALAR:

Share