O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Orkestr dirijyorligi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Orkestr dirijyorligi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan

12-dekabr kuni soat 18-00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Katta zalida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Orkestr dirijyorligi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Musiqiy  teatr-studiyasining konsert dasturi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Konsertda quyidagi asarlar ijro etildi:

  1. List ­– fortepiano va orkestr uchun “Ajal raqsi”. Yakkanavoz ­– “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Qahramon G‘ulomjonov.
  2. Qurbonov – “To‘yona”.
  3. Dvorjak – “Simfoniya” №9.

Dirijyor sifatida ushbu konsertda ilk marotaba “Opera-simfoniya dirijyorligi” bo‘limi 1-bosqich magistranti Abdumajid Karabaev o‘z mahoratini namoyon etdi. O‘zDK professori V.B.Neymer sinfida tahsil olayotgan ushbu magistrant qisqa vaqt mobaynida ustozi rahbarligida orkestr bilan mashg‘ulotlar o‘tkazib, konsert dasturini professional darajada tayyorladi va tinglovchilar olqishiga sazovor bo‘ldi.

FOTO LAVHALAR:

Share