Toshkentga Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan tashrif buyurishdi

2017 yil 11 dekabr kuni Toshkentga Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridan tashrif buyurgan “Международ МолОт” РФ  va MDH davlatlari yosh kompozitorlari, ijrochilari va musiqashunoslari Xalqaro gildiyasi delegatsiyasi O‘zbekiston respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaev huzurida  bo‘ldi. B.Sayfullaev ushbu uchrashuvda yurtimizda san’at va madaniyat sohasiga ko‘rsatilayotgan e’tibor xususida batafsil gapirdi. Delegatsiya tarkibida bo‘lgan Gildiya rahbari kompozitor Ya.Sudzilovskiy, Moskva davlat konservatoriyasi professori M.Pekarskiy, Yakutiya davlatidan tashrif buyurgan kompozitor N.Mixeev, Xalqaro tanlov sovrindori, pianinochi M.Sabelkina O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bilan yaqindan tanishib, undan olgan tassurotlari hususida iliq fikrlarni aytdilar. Shuningdek, delegatsiya konservatoriyaning professor-o‘qituvchilari hamda talabalari bilan uchrashib, ijodiy muloqotga kirishdilar. Talabalar Gildiya hususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Gildiyaning tashrifi chog‘ida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda “Международ МолОт”  Xalqaro gildiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi tuzildi.

 

 

Share