IJODIY HAMKORLIK

IJODIY HAMKORLIK

O‘zbekiston davlat konservatoriyasining  “Ma’naviyat” xonasida 11 dekabr kuni Qurmang‘azi nomidagi Qozog‘iston Milliy konservatoriyasining “An’anaviy musiqiy ijrochilik” mutaxassisligi bo‘yicha 1- bosqich tayanch doktoranti Medeubek Maqsat bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda konservatoriyasi tayanch doktorantlari, mustaqil izlanuvchilar, magistrlar ishtirok etdi.

Tadbirni konservatoriya rahbariyati xodimlari, Ilmiy-tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Ashurov ochib berdi. Qozog‘istonlik yosh tadqiqotchi o‘zining ilmiy izlanishlari va hozirga qadar erishgan ilk natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Uning mavzusi “Markaziy Osiyo turkiy xalqlarining tipologik qardosh cholg‘ulari va qo‘buz” deb nomlanib, qozoq xalqining milliy cholg‘ularidan sanalmish “qo‘buz” cholg‘usi va uning kelib chiqish tarixi, tadrijiy rivojlanish jarayoniga bag‘ishlangan.

Davra suhbati qizg‘in savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi. Chunonchi, Markaziy Osiyo xalqlari, xususan qardosh qozoq halqi ana’anaviy musiqa cholg‘ularining bizdagi qoraqalpoq musiqasida ham keng qo‘llanilishi, Surxandaryo-Qashqadaryo vohalariga xos bo‘lgan dostonchilik uslubi kabi jihatlar bevosita bu qo‘shni xalqlarning bir-biri bilan musiqiy sohada yaqin ekanligini bildiradi.

O‘ylaymizki, uchrashuv davomida o‘zbek, qoraqolpoq, uyg‘ur talabalar va yosh izlanuvchilar o‘zlarining qiziqarli savol va takliflari bilan mehmonda ijobiy taassurot qoldirdilar va Medeubek Maqsat yozayotgan dissertatsiya ishiga kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Uning xizmat safari 20 dekabrga qadar rejalashtirilgan bo‘lib, Nukus, Termiz kabi shaharlarga xizmat safariga borish, kutubxonalardagi yozma manbalardan to‘liqroq ma’lumot olishi, qo‘buz cholg‘usi va boshqa an’anaviy cholg‘ular hususida to‘liqroq ma’lumotlarga ega bo‘lish ko‘zda tutilgan.

FOTO LAVHALAR:

 

Share