Abror Zufarov bilan «Asl maqomni izlab» mavzusidagi ilmiy-ijodiy uchrashuv

Abror Zufarov bilan "Asl maqomni izlab" mavzusidagi ilmiy-ijodiy uchrashuv

2017 yil 7 dekabr kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasining 1-16 auditoriyasida «Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivali sovrindori, «An’anaviy cholg’u ijrochiligi» kafedrasi katta o’qituvchisi, mohir sozanda Ustazoda Abror Zufarov bilan ilmiy-ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi.
2017 yil 17 noyabrda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning «O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarorini ijrosi sifatida «Asl maqomni izlab» mavzusidagi mazkur tadbir milliy maqomlarimizni kelajak ijrochilari uchun, nomoddiy madaniy merosimizni asl holicha qayta tiklanishi yo’lidagi sayi-harakatlarning debochasi bo’ldi.
Tadbirni kirish so’zi bilan Yu.Rajabiy nomidagi Respublika maqom ijrochilar tanlovi sovrindori Go’zal Muminova o’chib berdi. Ushbu uchrashuv A.Zufarovning ko’p yillik ilmiy izlanishlari va ijodiy yondashuvlari natijasi bo’lib, yosh ijodkorlar kelajagidagi tutgan o’rni va ahamiyati haqida so’z yuritdi.
O’zbekiston davlat konservatoriyasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlari prorektori Salohiddin Azizboyev Prezidentimizning yuqorida aytib o’tilgan qarorini talablarga batafsil yoritib berdi. A.Zufarovning samarali izlanishlari xususidagi tahliliy xulosalar hech bir maqom ijrochisini befarq qoldirmasligini ta’kidladi.
A.Zufarov suhbat davomida o’z izlanishlari natijalari bilan o’rtoqlashdi. Xususan, maqomlarning asl pardalarini qayta tiklashga muvaffaq bo’lgani, maqom va maqom ijrichilarining yuksak darajasi, ijrochilik haqidagi tarixiy ma’lumotlar, hozirgi kunda qilinayotgan amaliy jarayonlar
talabalarda juda katta qiziqish uyg’otdi. Maqomning asl pardalariga sozlangan cholg’u ansambli ijrosi tinglovchilarga katta ma’naviy zavq bag’ishladi.

FOTO LAVHALAR:

Share