O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi yuzasidan tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi yuzasidan tadbir

2017 yil 5-dekabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 19-sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi yuzasidan tadbir

               5-dekabr kuni soat 12:00 da hamda 14:00da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining kichik zalida “O‘zbek musiqa ijrochiligi” Bastakorlik, Musiqashunoslik, Fortepiano, Akademik xonandalik fakultetlarining 1-4-kurs talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovichning joriy yilning 19 sentyabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi bo‘yicha ma’ruza darsi tashkil qilinib, tadbirda   Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S. Azizboev, Fakultet dekanlari o‘rinbosarlari F.Umarov, Z.Turapov, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri A.Norbekov,  Tarix fanlari nomzodi, O‘.Xudoykulov, katta o‘qituvchi N.Tursunboeva, M.Mirzaev, o‘qituvchi B.Absattorov hamda 1-4-kurslarning guruh murabbiylari xamda konservatoriya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.                  

Tadbirni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Azizboev ochib berdi.  Shundan so‘ng ma’ruzachi Tarix fanlari nomzodi O‘.Xudoykulov va N.Tursunboevalar so‘zga chiqib, Umumxalq muhokamasidan o‘tgan 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan harakatlar strategiyasi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi sifatida qabul qilindi. Bu strategiya – yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir sifatida o‘zining amalda ifodasini topmoqda. Bu hujjat hozirgi vaqtda hayotga izchil joriy etilmoqda. 2017 yil mamlakatimizda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinganligining o‘zi mamlakatimizda Inson manfaatlari hamma narsadan ustun degan tamoyiliga asoslanganligini anglash qiyin emas.

Mamlakatimizning barcha hududlarida Prezidentning Virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganligining o‘zi Prezidentimiz BMTning oliy minbaridan turib aytilgan fikrlarining amamaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘layotganligini ko‘rishimiz mumkin .

Shundan so‘ng kafedra o‘qituvchisi B.Absattorov so‘zga chiqib, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev BMT assambleyasida ilgari surgan dolzarb masalalar  haqida to‘xtalib o‘tdi. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan takliflar quydagilardan iborat:

-“Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyilning mazmun-mohiyati

-O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi – yangilanish jarayonlarining haqiqiy harakatlar dasturidir

-Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi

-Milliy valyutaning erkin konvertatsiyasi: kutilayotgan natija va prognozlar

-Investitsiyalar ko‘lamini kengaytirishda erkin iqtisodiy zonalarning ahamiyati

-Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik aloqalarining kengayishi

-O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari bilan yaqin qo‘shnichilik aloqalari

-Suv, resurslari tinchlik va xavfsizlik muammolari

-Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish – global xavfsizlikni ta’minlashning muhim shartidir

-Yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlari

-BMTning yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqishdan kutilayotgan maqsad va vazifalar

-Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik – ta’lim olish huquqini ta’minlash, savodsizlik va jaholatga barham berishning asosidir. Kabi masalalarga alohida-alohida to‘xtalib tushintirishlar berdi.

Kabi takliflarni ilgari surilishi Xalqaro konferentsiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otganligi aytib o‘tildi. Tadbir ochiq muloqot ruhida tashkil qilindi. Tadbir davomida ma’ruza ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

FOTO LAVHALAR:

Share