Abu Ali Ibn Sino ilmiy va madaniy merosining ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni

Joriy yil 24-25 noyabr kunlari Buxoro shahrida Ibn Sino jamoat fondi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Buxoro viloyat xokimiyati va Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlikda “Abu Ali Ibn Sino ilmiy va madaniy merosining ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni» mavzusidagi IX Ibn Sino o‘qishlari» – xalqaro ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Unda o‘ttizga yaqin chet ellik olimlar, Xalqaro fond rahbarlari, qolaversa mahalliy olimlar, tabobat vakillari, falsafashunoslar ham ishtirok etishdi.

To‘qqizta sho‘badan iborat mazkur anjumanning oxirgi sho‘basida (musiqa san’ati bo‘yicha) yagona ma’ruzachi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi” boshlig‘i, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi Ashurov Baxtiyor Shokirovich “Ibn Sinoning musiqiy merosi” nomli maqolasi bilan qatnashdi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

Share