“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan

“3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati Toshkent shahar nogiron bolalar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan “APLA” jamoat birlashmasi tomonidan “PAMIR kafe”da ommaviy-madaniy, hayriya tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda saxiy homiylar tomonidan bayram dasturxoni yozilib, osh tarqatildi  shuningdek ular tomonidan sovg‘alar berildi. Tadbirni badiiy qismini tashkil qilishda O‘zbekiston davlat konservatoriya ma’naviyat –ma’rifat va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi Feruza Qurbonova yaqindan yordam berdi. “Olladin” shou bolalar studiyasi ishtirokchilari, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘qtuvchisi Dilmurod Boybobaev va 3-kurs talabasi Enazarov Shaxbozbek hamda Toshkent madaniyat kolleji o‘qtuvchisi G‘iyosov Abduaxadlarni ijod na’munalari kelganlarni hushnud etib bayramga o‘zgacha ruh baxshida etdi.

FOTO LAVHALAR:

      

Share