O’zbekiston Davlat Konservatoriyasiga Madaniyat va marifat telekanal ijodkorlari tashrif buyurishdi

O’zbekiston Davlat Konservatoriyasida Madaniyat va marifat telekanali orqali Georg Fridrix Gendel ijodiga bag’ishlangan navbatdagi “Bastakor” ko’rsatuvi tasvirga olindi. Mazkur ko’rsatuvni muallif Dilfuza Qo’ldosheva va rejissor Iroda Jamalovalar Ozbekiston Davlat Konservatoriyasining Organ zalida va Katta zalida suratga olishdi.

Ko’rsatuv jarayonida O’zbekiston Davlat Konservatoriyasining dotsenti Muhammedova Galina Iyaminovna, Musiqa tarixi va tanqidi kafedrasi dotsenti Ganixanova Shoista Sharafutdinovna va boshqa xodimlaridan intervyu olishdi. Ko’rsatuv turkum ko’rsatuvlar sirasiga kirib, Madaniyat va marifat telekanali orqali oyda 2-3 marotaba efirga beriladi.

FOTO LAVHALAR:

Share