O‘zbekiston Davlat Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar

2017 yil 30 noyabr kuni soat 12.00da O‘zbekiston davlat konservatoriya Katta zalida “Qonun ustuvorligini ta’minlashda milliy va ma’naviy qadriyatlar mavzusida”gi  ilmiy-ijodiy anjuman dasturi bo‘lib o‘tdi. Dasturda  Kirish so‘zi O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor A.Mansurov,  Ma’ruzachi: Abduxalil Abdulxaevich Mavrulov. Qonun ustuvorligini ta’minlashda milliy va ma’naviy qadriyatlar o‘rni va roli ma’ruzasi tinglandi. O‘zbekiston Davlat Konstitutsiyasi  haqida  video lavxa ko‘rsatildi.  O‘zDK  Navoiy stipendiyasi sovrindori Xamzina Zarina va I.A.Karimov  stipendiyasi sovrindori Sheraliev Jasurbek  hamda  bir guruh  iqtidorli faol 23 nafar talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.  Musiqiy dasturda: M.Tojiboev, E.Ro‘zmatov, M.Yo‘lchieva, Z.Suyunovalar ishtirok etdilar. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va “Xalq bilan muloqot  va  inson  manfaatlari yili” davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi  hamda O‘zbekiston Konstitutsiyasi  qabul qilinganligining 25 yilligi  munosabati  bilan tashkil etildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston-24 kanali tomonidan efirga berish uchun boshidan oxirigacha yozib olindi.

FOTO LAVHALAR:

Share