O‘zbekiston davlat konservatoriyasining navbatdagi Ilmiy kengashi 2017 yil 30 noyabr kuni bo’lib o’tdi

2017 yilning 30 noyabr kuni soat 15.00da O‘zbekiston davlat konservatoriya ilmiy kengash majlisining  4 -sonli yig‘ilishi o‘tkazildi.

Ilmiy kengash yig‘ilishida 32 nafar a’zolardan 29 nafari ishtirok etishdi. Bundan tashqari muntazam taklif etiladiganlar hamda kun tartibidagi masalalar bo‘yicha taklif etilganlar ishtirok etishdi.

KUN TARTIBIda quyidagi masalalar, jumladan:

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-3391-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida hamda

-2017 yil 15 noyabr kuni soat 16.30da O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ishtirokida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi  kurashish borasidagi hamkorlik, bu borada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi  videoselektor yig‘ilishi xususida O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor A.Mansurov tomonidan axborot berildi.

           Bundan tashqari “8 dekabr–O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni”ni nishonlash xususida  Ma’naviy–ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor S.Azizboev, Moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor I.Tursunbaev va Kasaba uyushmasi raisi A.Lutfullaevlar tomonidan, o‘tkazilgan va o‘tkazilishi rejalashtirilgan bayram tadbirlari, uchrashuvlar va kontsert dasturlari bo‘yicha axborot berildi.

O‘zbekiston xalq artisti, “An’anaviy xonandalik”  kafedrasi mudiri, M.Yo‘lchieva tomonidan “An’anaviy xonandalik” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 2017 yilda amalga oshirilgan ilmiy-metodik ishlar to‘g‘risida hisobot tinglandi.

Ilmiy kengash so‘ngida O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor A.Mansurov tomonidan 2018-2019 o‘quv yili uchun o‘tkaziladigan ijodiy imtihonlar bo‘yicha taqdimot marosimi o‘tkazilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Share