O‘zbek musiqasining darg‘a kompozitorlari

O‘zbek musiqasining darg‘a kompozitorlari

O‘zbekistonda XX asrda shakllangan kompozitorlik maktabi bugungi kunda jadal rivojlanayotgan san’at turlaridandir. Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston kompozitorlari xalq kuylarini qayta ishlashdan tortib, to muhtasham yirik shaklli asarlargacha turli janrlarda ijod qildilar. Bugungi kontsert dasturi O‘zbekiston kompozitorlarining asarlaridan tashkil etilishi bejiz emas. Xalq cholg‘ulari orkestriga mo‘ljallangan asarlarni targ‘ib etish bugungi kunda o‘ta dolzarb bo‘lib, milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kabi ezgu masala davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev tomonidan ham ta’kidlanmoqda.

Ta’kidlash joizki, bugun siz azizlarning e’tiboringizga keksa, o‘rta va yosh avlod kompozitorlarining asarlari O‘zbek cholg‘ularida ijrochilik fakulteti XCHTKO tomonidan taqdim etildi. O‘zbek musiqasining darg‘a kompozitorlari S.Yudakov, D.Zokirov, B.Umidjonov,T.Qurbonov, shu bilan birga, bugungi kunda samarali ijod qilayotgan M.Otajonov, O.Abdullaevalarning asarlari ijro etiladi.

S.Yudakovning “Bayram uvertyurasi”, “Karnaval valsi” asarlari tantanali, bayramona xarakterga ega bo‘lib, Sizlarga bayramona kayfiyatni ulashishiga umid qilamiz. Nog‘ora, karnay va surnay sadolari bizni bayram tantanasiga chorlaydi.

D.Zokirov ijodining yuksak namunasi bo‘lgan “Ko‘rmadim” ashulasi milliy ruhiyat bilan yo‘g‘rilgan.

T.Qurbonov o‘zbek kuylarini polifonik usulda rivojlantirish bobida yuksak mahoratini namoyon etdi. Uning ijodi davomida bir necha bor “Poema” janriga bir necha bor murojaat etdi. Bugun T.Qurbonovning o‘z ustozi Boris Nadejdinga bag‘ishlab yozgan poemasini tinglaysiz. “Poema” chuqur mazmunga ega bo‘lib, falsafiy mushohadani namoyon etadi.

M.Otajonov “Yog‘dular” hamda “Izhor” asarlarida yevropacha shakl hamda milliy musiqiy tafakkurni uyg‘unlashtirishga muvaffaq bo‘lgan. Xalq cholg‘ulari tembrlarining jilosini o‘ta mohirlik bilan ifodab bergan.

Zulfiya mukofoti sovrindori O.Abdullaevaning “Shodiyona” asarida xalq kuylaridan “Yor-yor”, “”Lazgi” kabilardan samarali foydalangan.

O‘zbekiston kompozitorlari XChO uchun  nodir asarlar yaratdilar, yaratmoqdalar va kelgusida ham yaratishlariga ishonchimiz komil.

Kontsertda respublika va xalqaro tanlovlar laureatlari Javlon Mahmudov, Jasur Abdullaev, Abdunaim Abdurahmonov, Nihol davlat mukofoti sovrindorlari Namuna Mamatqulova va Qahramon G‘ulomjonov, MTS xonandasi Dilrabo Qurbonovalar qatnashadilar. XChTKO fakultetdagi eng iqtidorli, eng faol va shijoatkor yoshlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘z mahoratlarini namoyish etadilar. Quvonarli jihati shundaki, yaqindagina ushbu orkestrda sozandalik sirlarini o‘zlashtirgan, orkestr ijrochiligi madaniyatini egallagan  talabalar va bitiruvchilar kontsertda ijrochi, xonanda va dirijer sifatida ishtirok etadilar. Demak, dirijerlik pulti qarshisida bu oqshom “Opera va simfoniya dir” bo‘limi magistranti A.Karabaev hamda “orkestr dirij” kafedrasi mudiri, XCHTKO rahbari va dirijeri katta o‘qituvchi G‘.Abrorov.

 

Kundalik tashvishlarni bir oz bo‘lsa-da unutib, O‘zbekiston kompozitorlarining asarlaridan bahramand bo‘lishingizni chin dildan tilab qolaman. XCHTKO ga esa, ijodiy muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

FOTO LAVHALAR:

 

   

 

Share