Kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tamomladilar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yilga O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘rta maxsus ta’lim tizimi pedagog kadrlarining malaka oshirish kurslari rejasiga ko‘ra O‘zbekiston davlat konservatoriyasida noyabr oyida “Xalq cholg‘ular ijrochisi” va “Estrada cholg‘u ijrochisi” kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tamomladilar.

Chiqish testlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda Malaka ishini himoya qilgan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Avaz Mansurov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani Dildora Saipova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti uslubchisi Zarina Qodirova va ish yurituvchisi Sanobar Abdugapparovalar ishtirok etdilar.

FOTO LAVHALAR:

 

Share