Maqomdon alloma Akademik Yunus Rajabiy tavalludining 120 yili

Joriy yilning 28 noyabrida O‘zbekiston davlat konservatoriyasida

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi bilan birgalikda,  konservatoriya musiqiy sharqshunoslik kafedrasi tomonidan  o‘zbek musiqa san’atining yirik uch allomalari, ya’ni Rizqi Rajabiy tavalludining 130 yilligi, Yunus Rajabiy tavalludining 120 yilligi,

Ishoq Rajabov tavalludining 90 yilliga bag‘ishlangan “RAJABIYXONLIK” ilmiy-ijodiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanning ilmiy qismi maqom san’atining uch allomasining ilmiy merosiga asoslandi.  Ilmiy qismda Respublikamizning atoqli musiqashunos olimlari, tarixchi, sharqshunos  va adabiyotshunos olimlari qatnashdilar. Ulardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Ahmadjon Jabborov, San’atshunolslik fanlari doktori, professorlar To‘xtasin G‘ofurbekov va Rustam Abdullaev, san’atshunoslik fanlari nomzodi professorlar Otanazar Matyoqubov va Ravshun Yunusov, O‘zb KBU raisi, kompozitor Rustam Abdullaev, O‘zbekiston xalq hofizi Hasan Rajibiy, Manbashunos olim ffn, professor Zokirjon Oripov, O‘zbekiston Respublikasi San’at va madaniyat instituti professori Abdulla Umarov kabi mutaxassislar o‘zlarining allomalar ijodiga bag‘ishlangan ma’ruza va xotiralari bilan  qatnashdilan.  Mehmonlardan: Farg‘ona kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq artisti Sultonali Mannopov va fazika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Hamidjon Toxirovlar o‘z fikr va mulohazalari bilan qatnashdilar. Shu bilan birga allomalarning oila a’zolari, yosh olimlar va musiqashunoslar, o‘quvchi va talabalar qatnashdilar.

FOTO LAVHALAR:

Share