Ilmiy-ijodiy anjuman hamda Maqom kechasi 28-noyabr soat 14-00 va 17-00 da

 

 O‘zbek maqom san’atining bilimdonlari, xalqimizga behisob ilmiy va amaliy meros qoldirgan uch namoyandalari ijodiy faoliyatlariga bir nazar. Atoqli sozanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist – XX asr o‘zbek cholg‘u  ijrochiligining eng yirik namoyandalaridan biri,  mohir tanburchi, mumtoz kuylarning bilimdoni, yosh sozandalarga mehribon ustoz, ajoyib kuy va ashulalarning muallifi Rizqi Rajabiy. Rajabiylar sulolasining eng yirik vakili, hassos bastakor, hofiz, sozanda, olim, O‘zbekiston xalq artisti, O‘zFA akademigi, milliy musiqa madaniyatimiz ravnaqiga katta hissa qo‘shgan hamda ulkan meros qoldirgan alloma Yunus Rajabiy.  Va San’atshunoslik fanlari doktori, musiqiy sharqshunoslik yo‘nalishi rivojiga, musiqa ta’limi va targ‘ibotiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘zbek musiqasi tarixi, o‘rta asrlar musiqiy risolalari, maqomshunoslikka oid teran ilmiy tadqiqotlar olib borgan musiqashunos olim Ishoq Rajabov.

Ushbu anjumanni maqsadi, avvalo ularni xotirlash, qoldirgan meroslarini yanada o‘rganish, yosh avlodlar e’tiborini jalb etish, ularning ijodlaridan tinglovchilarni bahramand etishdan iboratdir.

Anjuman ikki qismdan ibotardir. Ilmiy anjumanda davrimizning yetuk olimlari  tomonidan namoyandalarning ilmiy merosi xususida fikrlar bildiriladi va davra suhbati o‘tkaziladi. Yakunida esa yangi kitoblarning taqdimoti o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Anjumanning ikkichi qismida “Nazm va Navo” badiiy-musiqiy tadbir o‘rin olgan.  Kechada, o‘zbek mumtoz musiqasining gultoji bo‘lgan maqom namunalari va anjuman sababchilari Risxi va Yunus Rajabiylarning ijodiy namunalaridan kuy va ashulalar ijro etiladi.

Ilmiy anjuman  28 noyabr kuni soat 14,00 da Organ zalida va  “Nazm va Navo” kechasi 17.00 da O‘zbekiston davlat konservatoriyasining  Katta zalida bo‘lib o‘tadi.

  • Ilmiy majlis 28 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Organ zalida soat 14.00 da boshlanadi.
  • Maqom kechasi 28 noyabr kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Katta zalida soat 17.00 da boshlanadi.
Share