Xalqaro tanlovi o‘tkazildi

2017 yil 13 noyabrdan  18 noyabrga qadar Rossiyaning Ulan-Ude shahrida torli Xalq cholg‘ulari ijrochilarining “Baykal kubogi” nomli V Xalqaro tanlovi o‘tkazilganligi to‘g‘risida:

 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2017 yil 20 oktyabrdagi  780-sonli va O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 2017 yil 25 oktyabrdagi 19-k sonli buyruqlariga asoslanib, shuningdek, Sharqiy Sibir davlat Madaniyat va san’at akademiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan torli  xalq cholg‘ulari ijrochilarining V Xalqaro tanlovi tashkiliy qo‘mita rahbari nomidan yuborilgan taklifnomalarni inobatga olgan holda tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi tarkibda xizmat safari tashkil etildi:

Yulduz Ahmedova  – “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasining yetakchi jo‘rnavozi, guruh rahbari;

Qosimov Faxriyor   –  “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasining 2-bosqich talabasi;

Maxmudov Javlon  –  “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasining 2-bosqich talabasi;

Matyakubova Zebo    –  “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasining  4-bosqich talabasi;

Mamatqulova Namunaxon –  “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasining 4-bosqich talabasi.

Mazkur tanlov har uch yilda bir marta o‘tkazilib kelinmoqda. Tanlovda Rossiya , Mongoliya va O‘zbekiston  davlatlarining 30 yoshgacha bo‘lgan yosh sozanda-ijrochilari, teatr-kontsert tashkilotlar va badiiy jamoalar sozandalari, Madaniyat va san’at ta’lim muassasalarining o‘qituvchi, talaba, o‘quvchilaridan tashkil topgan yigit va qizlar qatnash-dilar.

Tanlov quyidagi to‘rt  yo‘nalishda o‘tkazildi.

  1. Torli kamonli cholg‘ular;
  2. Torli mizrobli cholg‘ular;
  3. Torli urma – zarbli cholg‘ular;
  4. Torli chertma cholg‘ular.

Tanlov ikki bosqichdan, ya’ni birinchi saralash bosqichi va ikkinchi esa   yakuniy bosqich deb hisoblangan holda o‘tkazildi.

Barcha ijrolar ochiq ravishda tinglandi, asarlar tanlov shartiga binoan yoddan ijro etildi, chiqishlar esa qur’a tashlash raqami tartibi asosida o‘tkazildi.

Yakuniy ikkinchi bosqichdan so‘ng, tanlov Xakamlar hay’atining qarori asosida, quyidagi O‘zbekistonliklar I, II va III darajali diplomlar va tanlov laureati unvonlariga sazovor bo‘ldilar:

a) Torli kamonli cholg‘ular yo‘nalishi bo‘yicha: – Qosimov Faxriyor (g‘ijjak ) tanlov laureati va I darajali diplom bilan taqdirlandi;

b) Torli mizrobli cholg‘ular yo‘nalishi bo‘yicha: – Maxmudov Javlon (qashqar rubobi) tanlov laureati va II darajali diplom bilan taqdirlandi;

v) Torli urma – zarbli cholg‘ular yo‘nalishi bo‘yicha: – Matyakubova Zebo (chang) tanlov laureati va II darajali diplom bilan taqdirlandi;

g) Torli chertma cholg‘ular yo‘nalishi bo‘yicha: – Mamatqulova Namunaxon (dutor) tanlov laureati va III darajali diplom bilan taqdirlandi.

Tanlov jarayoni muntazam ravishda Rossiya teleradiokompaniyasi va ommaviy axborot, matbuot vositalari orqali yoritib borildi.

Tanlov o‘tkazilishidan maqsad, ya’ni yangi yosh iste’dodlarni kashf etish, jahon mumtoz musiqa asarlarini targ‘ib qilish, ijrochi mamlakatining cholg‘u sozida ijro etiladigan eng durdona musiqa asarlarini targ‘ib qilish , xalq cholg‘u sozlarining  ijrochilik imkoniyat-larini namoyon qilish kabi maqsadlar amalga oshirildi . Shu bilan birga kelajak avlodni Vatanga muhabbat,  tolerantlik fazilatlarini shakllantirishda musiqa san’atining imkoniyatlarini ko‘rsatish, o‘z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalash kabi his-tuyg‘ular o‘z ifodasini topdi .

Ushbu nufuzli anjumanda O‘zbekistonlik yosh ijrochilarning muvaffaqiyatli qatnashishiga, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi , O‘zbekiston davlat  konservatoriyasi rahbariyati tomonidan barcha imkoniyatlar  yaratib berildi va har tomonlama qo‘llab- quvvatlandi.

Tanlovda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat  konservatoriyasi talabalarining yutuqlarida, albatta ular ustozlarining  mehnati samarali ekanligini va bugungi kun zamonaviy xalqaro ijrochilik san’ati talablariga  to‘liq ravishda javob beradigan darajada bo‘lganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Aynan shu maqsadda tanlov g‘oliblari ustozlari, jumladan, professorlar  Murod Toshmuxamedov, Anvar Lutfullaev, Boxodir Mirfayozov va o‘qituvchi Ulug‘bek Yunusovlar ham tanlov tashkiliy qo‘mitasining maxsus “Tashakkurnoma” yorliqlari bilan taqdirlandilar.

FOTOLAVHALAR:

Share