Gavhar Matyoqubova 50 yil mobaynida xalq xizmatida

Gavhar Matyoqubova 50 yil mobaynida xalq xizmatida

O‘zbekiston Respublikasi san’at va madaniyat ahli Sizni tabarruk 70 yillik tavallud kuningiz hamda ijodiy faoliyatingizga 50 yil to‘lishi munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

 

 Sizning serqatlam faoliyatingiz, ayniqsa, milliy qadriyatlar qatoridan o‘rin olgan Xorazm raqs maktabining tashkil etganingiz O‘zbekiston milliy raqs san’atini ravnaq topishiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. O‘zbekistonlik raqssevar shinavandalar va mutaxassislar orasida Siz chinakam go‘zal ayol, ijodkor-olima, mohir raqqosa hamda fidoyi millatparvar inson sifatida e’tirof etilgansiz. 

 Sizning ijodkorona izlanishlaringiz natijasida betakror va noyob Xorazm raqslari hozirgi davrgacha yetib kelib, o‘z jozibasi bilan nafaqat respublikamizda, balki halqaro miqyosda qadrlanmoqda. Shunigdek, aynan Sizning tashabbusingiz bilan amaliyot tajribasidan chiqib ketgan “Jazava”, “Gusfand”, “Lachak o‘yini”  kabi o‘nlab xalq raqslarini tiklanishi alohida tahsinga sazovordir.

 Milliy kadrlarni tayyorlash borasida, Siz, Ustoz, yuzlab iste’dodli shogirdlarni voyaga yetkazdingiz. Ular  milliy raqs san’atining yuqori cho‘qqilarini zabt etib,  nufuzli Faxriy unvonlar, Davlat mukofotlari, respublika va xalqaro tanlov g‘oliblari  unvonlariga sazovor  bo‘ldilar. 

Tabarruk 70 bahorni qarshilagan kuningizda Siz go‘zal ayol, navqiron va ijod bulog‘i qaynab turgan ustoz-san’atkor sifatida barchamizga ibratsiz!

           Sizga sihat-salomatlik, uzoq umr, ijodiy bardavomlilik va oilaviy baxt tilab qolamiz!

FOTO LAVHALAR:

 

Share