Kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tamomladilar

Kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tamomladilar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yilga O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘rta maxsus ta’lim tizimi pedagog kadrlarining malaka oshirish kurslari rejasiga ko‘ra O‘zbekiston davlat konservatoriyasida oktyabr oyida Fortepiano ijrochisi va Musiqiy-nazariy fanlar o‘qituvchisi kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tinglovchilar malaka oshirish kurslarini tamomladilar.

Chiqish testlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda Malaka ishini himoya qilgan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Baxtiyor Sayfullaev, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Avaz Mansurov, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti dekani Dildora Saipova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti uslubchisi Zarina Qodirova va ish yurituvchisi Sanobar Abdugapparovalar ishtirok etdilar.

FOTOLAVHALAR:

Share

Tavsiya etilgan