Ilmiy-amaliy konferensiya

Ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 17-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida BMT ning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konventsiyasini ishlab chiqish borasidagi taklifi yuzasidan Madaniyat vazirligi va uning tasarrufidagi muassasalar oldida turgan dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirga adabiyot, jurnalistika, tasviriy va amaliy san’at, kompozitorlik va bastakorlik, kino va teatr, mumtoz qo‘shiq, milliy va zamonaviy estrada, opera, raqs, cholg‘u ijrochiligi sohalarida mehnat va ijod qilayotgan, ta’lim olayotgan 31 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlar va soha vakillari jalb etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullaev “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda madaniyat va san’at muassasalaridan unumli va samarali foydalanish imkoniyatlari”, O.Ibrohimov “Yoshlar va maqom san’ati”, A.Haydarov “Milliy estrada san’ati: dahldorlik va mas’uliyat”, D.Kattaxonova “Uyushmagan yoshlarni madaniyat va san’at vositasida maqsadli uyushtirish”, G.Xoliqulova “Yoshlarga oid davlat siyosati:madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari” kabi mavzularda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Share

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan