Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga tanlovning tuman bosqichi o’tkazildi

Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga tanlovning tuman bosqichi o’tkazildi

2017 yil 18-otktabr kuni O’zbekiston davlat konservatoriyasining kichik zalida Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga tanlovning tuman bosqichi o’tkazildi. Tanlovda saralash bosqichlaridan o’tib kelgan 17 nafar  qizlar ishtirok etdi. Tanlovda hakamlar hay’atiga Shayxontohur tumani xokim movini, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Surayyo Nasimovna Po’latova raislik qildi. Hakamlar hay’ati tarkibida O’zbekiston davlat konservatoriyasi O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi Sayyora Xamdamova ishtirok etdi. Tuman bosqichidan muvaffaqqiyatli o’tgan iqtidorli qizlar shahar bosqichiga yo’llanma oldi.

Share