“Til- millat ko‘zgusi” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir

“Til- millat ko‘zgusi” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir

Toshkent  islom universitetida 2017 yil 21 oktyabr kuni soat 13.00  da O‘zbek tiliga Davlat maqomi berilganligining 28 yilligi munosabati bilan “TIL- MILLAT KO‘ZGUSI” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Tadbirni yuqori saviyada, kuy va navo bilan hamohang tarzda o‘tishi hamda ishtirokchilarning o‘zbek tilida buyuk ajdodlarimiz g‘azallari bilan kuylangan qo‘shiqlarni tinglab, ma’naviy ozuqa olishlarida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “O‘zbek musiqa ijrochiligi” fakulteti “An’anaviy xonandalik” kafedrasi 316 guruh talabasi Ochilov Jamshid va 116 guruh talabasi Muxtorov Lazizbek  ishtirok etishdi.

Toshkent  islom universiteti ma’muriyati O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik izhor etib, talabalarimizni o‘zlarining estalik sovg‘alar bilan taqdirladilar.

 

Share