Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-2854-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida,  Sharof Rashidov xotirasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda Filologiya fanlari doktori To‘ra Mirzaev, Adabiyotshunos olima Gulchehra Voxidova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Yunus Turaev, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori S.Azizboev, Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D.Boybabaev, O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri S.Xamdamova, Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi F.Qurbonova,  Fakultet dekanlari va ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Matbuot anjumanida Sharof Rashidov qalamiga mansub “Kashmirida”, “Dugonalar”, Mehnatim” kabi qo‘shiqlar xonadalar Nihol mukofati sovrindori S.Mamadalieva, Sharq taronalari XI festivali g‘olibi Mohichexra Shomurodova hamda xonanda Maxsuda Otabekovalar tomonidan moxirona ijro etildi

 

Share