1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan

1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan

O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi tomonidan 2017 yil 28 sentyabr kuni “Navro‘z” qabullar uyida 1-oktyabr  “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri – O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi rektori, professor Baxtiyor Sayfullayev ishtirok etib, barcha professor-o‘qtuvchilarni hamda ishchi xodimlarni 1oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan tabriklab, ish faoliyatidagi namunaviy xizmatlari uchun bir guruh professor-o‘qtuvchilarni faxriy yorliq bilan taqdirladi. O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi rahbariyati tomonidan uyushtirilgan badiiy kecha va yozilgan bayram dasturxoni barcha professor – o‘qtuvchilar hamda hodimlar uchun munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi.

 

FOTO lavhalar

       

Share