2018-2020 yillar amaliy ilmiy-texnika loyihalar tanlovida ishtirok etish

2018-2020 yillar amaliy ilmiy-texnika loyihalar tanlovida ishtirok etish

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan e’lon qilingan 2018-2020 yillar amaliy ilmiy-texnika loyihalar tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi professor o‘qituvchilar hujjat topshirishdi: 

  1. “Musiqiy sharqshunoslik” kafedrasi professori, san’atshunoslik fanlari doktori Abdullaev Rustambek Samigovich loyixa rahbarligida tayyorlangan “An’anaviy musiqa – O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi”;
  2. “Musiqa nazariyasi” kafedrasi professori, san’atshunoslik fanlari doktori Azimova Arzu Nishanovna loyixa rahbarligida tayyorlangan “Garmoniya tarixi”;
  3. “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi mudiri, professor Lutfullaev Anvar Qudratovich loyiha rahbarligida tayyorlangan “O‘zbekistondagi qadimiy xalq cholg‘ularini qayta tiklash, musiqa ta’limiga joriy etish va mutaxassislar tayyorlashning ilmiy-amaliy asoslari”;
  4. “Xalq cholg‘ularida ijrochilik” kafedrasi professor v.b., san’atshunoslik fanlari nomzodi Tashmatova Azatgul Raximovna loyixa rahbarligida tayyorlangan “O‘zbek milliy musiqiy cholg‘ularni tadqiq etish”;
  5. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna loyiha rahbarligida tayyorlangan “Musiqa san’ati vositasida yoshlarni ma’naviy yuksaltirish mexanizmlari” mavzularidagi loyixalar topshirildi.
Share