O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori boshchiligida boshqaruv apparati majlisi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori boshchiligida boshqaruv apparati majlisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. M. Mirziyoevning 2017yil 8-avgustdagi PQ-3178-sonli “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanadarivojlantirish va takomillashtirishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida konservatoriyada barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, soha mutaxassislari bilan har seshanba kuni soat 9:00 dan 11:00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Baxtiyor Sayfullaevich Sayfullaev boshchiligida boshqaruv apparati  majlisi o‘tkaziladi. Bunda konservatoriya faoliyati bilan bog‘liq masalalar, talabalarga shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim vazifalar, pedagog-xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish borasida qilinayotgan ishlar, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati bilan bog‘liq aniq ishlar bajarilishi nazorat qilinmoqda.

 

Share