O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning BMT Bosh Assamblesining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentining 2017 yil 25 sentyabrdagi 01-1-266-sonli topshiriq xati hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziring 2017 yil 28 sentyabrdagi 696-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2017 yil 06 oktyabr O‘zbekiston O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyovning BMT Bosh Assamblesining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminari bo‘lib o‘tdi.


Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezdenti Xuzuridagi Davlat Boshqaruv Akademiyasining “Boshqaruv” fakulteti dekani O.Xasanov,O‘zDKning O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori- A.Mansurov, Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i D.Boybabayev, Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli bolalar bilan ishlash bo‘limi uslubchisi F.Qurbonova, Fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.

Share